
Kurtua Alvaresning xatosini sezganmidi?
Tibo Kurtua penaltilar seriyasida Xulian Alvaresning xatosi haqida hakamga xabar berganini ma’lum qildi.
"Atletiko" hujumchisi "Real Madrid" darvozasiga zarba berishdan oldin sirpanib ketib, to‘pga ikki oyog‘i bilan tegindi. U gol urganiga qaramay, bosh hakam Shimon Marchinyak VAR bilan vaziyatni muhokama qilgach, golni bekor qildi.
- Men Xulianning to‘pga ikki marta teginganini sezdim va bu haqda hakamga aytdim. Ularning omadi biroz kelmadi. Biz o‘zimizning eng yaxshi darajamizni ko‘rsata olmadik. Biroq, navbatdagi bosqichga chiqdik va bu eng muhimi.
- Menimcha, ular hamma narsani aniq ko‘rishdi. Shuning uchun, hushtak chalishdi. Ular ham odam, xato qilishlari mumkin, ammo VAR texnologiyasi tufayli hamma narsani aniqlashdi, - dedi "Real" darvozaboni Tibo Kurtua.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida "Atletiko"ni mag‘lub etdi (0:1, penaltilar seriyasida 4:2, birinchi o‘yin - 2:1). Mazkur g‘alabadan so‘ng "qirollik klubi" chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa keyingi bosqichda "Arsenal" bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar