Kurt Zuma: "Liverpul"ni yutishimiz kerak edi. Ammo o‘xshamadi"

  • 16 avgust, 2019, 16:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" ximoyachisi Kurt Zuma UEFA Superkubogi uchun bahsda "Liverpul"(2:2, 4:5 pen.)dan uchralgan mag‘lubiyatga o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

"Bizni omadimiz kelmadi. Hattoki penaltilar seriyasida ham biz ko‘proq g‘alabaga loyiq edik. Kuchli jamoaga qarshi juda yaxshi o‘yin o‘tkazganimizdan g‘ururlanishimiz kerak.

Biz qo‘rquvni his qilmadik. Bellashuv davomida ularni qiynab qo‘ya oldik va menimcha, biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Albatta, biz sovrinni yuta olmaganimizdan xafa bo‘ldik, ammo o‘zimizning ijobiy kayfiyatimizni saqlab qolishimiz kerak.

Ayniqsa, dam olish kunidagi mag‘lubiyatdan keyin biz ko‘plab ijobiy fikrlarga keldik. Bizda eng yaxshi o‘yinchilar bilan jamlangan yaxshi jamoa bor va biz buni namoyish etdik. Yigitlar 120 daqiqa davomida bor kuchlarini berishdi. Biz barchamiz diqqat markazida bo‘ldik va o‘z ishimizni qildik, shuning uchun bundan faxrlanishimiz mumkin.

Penaltilar seriyasida biroz omad etishmadi. Abraxam o‘yin davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. U bizning foydamizga penalti ishladi va biz hisobni tenglashtirdik. Keyin penaltilar seriyasida gol ura olmadi. Lekin u yosh va sekin-asta o‘rganib boradi. U top futbolchi bo‘la oladi.

Bizning futbolchilarimiz yaxshi tiklanib olishlari kerak, ayniqsa shunga o‘xshash bahslardan so‘ng, navbatdagi yakshanba kuniga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi, ammo bu futbol, endi harakat qilish kerak," - dedi Zuma.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!