
Kurashlarga boy o‘tgan Tailand - Tojikiston bahsi yakunlandi. Uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Tailand - Tojikiston uchrashuvi yakunlandi. Unda nominal mezbonlar 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, 1-daqiqadayoq tailandliklar hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Tojikiston ikkita gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq Tailand so‘nggi daqiqalardagi faollik evaziga hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi va yarim final yo‘llanmasini naqd qildi.
Fikrlar