Kurash. Sportchilarimiz reyting musobaqasini beshta medal bilan boshladi!

CHERY AUTO

Bugun Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha reyting turniri start oldi. Ortda qolgan birinchi kun doirasida “klassik” kurash ustalari gilamga chiqishdi.

Tecno

Quvonarlisi, Ravshan Ro‘ziqulov shogirdlari murosasiz bahslar yakunida 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Bugun -67 kg vazn toifasidagi polvonimiz Abror Ataboevni tom ma’nodagi kun qahramoni deyish mumkin. Saralashda Qozog‘iston va Eron vakillarini dog‘da qoldirgan Abror finalda gruziyalik Joni Xetsurianidan ham ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Jasurbek Ortiqboev, Muhammadqodir Yusupov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov o‘z vazn toifasida shohsupaga ko‘tarilishdi.

Oltin medal:
-67 kg: Abror Ataboev

Bronza medali:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev
-60 kg: Muhammadqodir Yusupov
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Rustam Assakalov.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!