Kuni zahira maydonlariga qolgan MTJning ilk mashg‘uloti Shomurodov va Ahmedovsiz o‘tdi (Fotoreportaj)

  • 29 avgust, 2019, 01:13
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 28 avgustdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yil Qatar yashil maydonlarida o‘tadigan JCh saralashida ishtirok etish uchun yig‘inga kirishdi. Terma jamoamizning dastlabki mashg‘uloti "JAR" stadioni zahira maydonida bo‘lib o‘tdi. Terma jamoamizning ilk mashg‘uloti legionerlarsiz, superligada to‘p surayotgan futbolchilar ishtirokida o‘tdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, mashg‘ulot kechgi vaqtga to‘g‘ri kelganligi sababli maydonni yoritish uskunalarining holati talabga javob bermasiligi, bu esa futbolchilarimizga ham qiyinchilik tug‘dirganini ko‘rdik. Umid qilamizki, bosh jamoamizning keyingi mashg‘uloti bo‘lib o‘tadigan "Chig‘atoy" sport majmuasida bunday holat kuzatilmaydi, har holda bosh jamoadan mundial chiptasini talab qildikmi, talabga yarasha sharoit ham yaratib berish shart!

Ma’lum bo‘lishicha, Ahmedov, Shomurodov va boshqa legionerlarimiz 2 sentyabrdan yig‘inga qo‘shilishadi. Quyida 28.08 da bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot jarayonidan olingan eng sara suratlarni toiosha qilishingiz mumkin:

Suratlar muallifi: Yoqubjon Sohibov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!