Kundega APL qiziq emas

  • 15 iyun, 2022, 15:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" futbolchisi Jyul Kunde APLga ko‘chib o‘tmoqchi emas. U La Liganing boshqa kuchliroq jamoalarida to‘p tepishni rejalashtiryapti. 

Tecno

"El Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, futbolchi u uchun 90 million evro to‘lashga tayyor turgan "Chelsi" va "Nyukasl" kabi klublar bilan muzokaralarni yakunlagan. Frantsuz andalusiyaliklar rahbariyatiga "Barselona"ga o‘tishni istayotganini ma’lum qilgan. 

"Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi ham himoyachining transferiga qarshi emas. Mutaxassis bu borada allaqachon jamoa prezidenti Joan Laportaga xabar bergan", - deyiladi xabarda.

23 yoshli himoyachi yakunlangan mavsum "Sevilya" safida barcha musobaqalar doirasida 44 o‘yinda maydonga tushdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!