Kuman: Men Messining fikrini o‘zgartirish uchun mas’ul odam emasman

  • 20 noyabr, 2020, 19:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa sardori Lionel Messining kelajagi haqida gapirdi.

"Men uni "Barsa"dan tashqarida tasavvur qila olmayman. Shu sababli, bu savolga javob bermayman. Leo bilan yana bir yilga mo‘ljallangan shartnomamiz bor. Umid qilamanki, u qoladi. Men Messining fikrini o‘zgartirish uchun mas’ul odam emasman. Keling, bor narsa haqida gaplashaylik. U hamon "Barselona" futbolchisi", dedi niderlandiyalik mutaxassis.

O‘tgan transfer oynasida argentinalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati bilan mojaroga borib qolgan edi va klubni tark etishga harakat qildi. Biroq klubning o‘sha paytdagi prezidenti Jozep Bartomeu uni Kataloniyada olib qolishga muvaffaq bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!