
Kuman katta gapirib qo‘ydi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman klub tarixida o‘zining o‘rni yuqori ekani haqida gapirdi.
- Hozir Joan Laporta bilan munosabatim yaxshilandi, biroq o‘tgan hafta xunuk voqea yuz berdi. U bosh murabbiy vaziyatni to‘liq nazorat qilolmaydi, - dedi. U ko‘p gapirib yubordi. Doim munosabatlarga oydinlik kiritish kerak. Men “Barselona”ni shug‘ullantirishga tayyorman. Menda muammo yo‘q. Men tufayli jamoaning kelajagi bor, - dedi Ronald Kuman.
Niderlandiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum boshidan beri Kataloniya klubini boshqarmoqda. Uning shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Joan Laporta yozda uning o‘rniga boshqa mutaxassis taklif qilishni rejalashtirgan.
Fikrlar