Kuman "Barsa"ning kelajagi kimning qo‘lida ekanini aytdi

  • 13 oktabr, 2020, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani tark etgan Lius Suares borasida o‘z qarashlarini ma’lum qildi.  

Tecno

- Suaresning ilk daqiqalardan maydonga tushishi qiyinlashib qoldi va men unga bu haqda aytdim. O‘rtamizda hech qanday muammo bo‘lmagan. U mashg‘ulotlarda faol edi, lekin ketishga qaror qildi. Men unga agar qoladigan bo‘lsa, menga nohaqligimni isbotlab, jamoaning bir bo‘lagiga aylanishi kerakligini bildirdi. Men uning qolishi tarafdori edim, lekin klub rahbariyati tarkibni yoshartirish uchun Suares ketishi kerakligini uqtirdi.

Hozir tarkibimizda 17 yashar Fati va Pedriga imkoniyat berilyapti. Arauxo 21, Trinkau 20 yoshda. Ular qatoriga 19 yashar Dest qo‘shildi. Mana shu o‘yinchilar bizning kelajagimiz, - dedi Ronald Kuman.

“Manchester Siti” Messi uchun super to‘purardan voz kechyapti

Kuman Messining uyiga nega bordi?

Suares “Real”ga o‘tarmidi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!