
Kukurelya: "APL klublari ko‘proq pul sarflaydi, La Liga esa ortda qolmoqda"
Ispaniya terma jamoasi va "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya Angliya va Ispaniya chempionatlari orasidagi moliyaviy farq haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Angliyada mablag‘lar tengroq taqsimlanadi. APLga chiqqan jamoalar katta pul oladi. Bu esa barcha klublarga kuchli futbolchilarni olish imkonini beradi. Shuning uchun har bir o‘yin haqiqiy kurashga aylanadi. Masalan, "Sanderlend" APLga chiqqach, 200 million evro sarfladi. "Kristal Pelas" esa La Ligadagi ikki yuqori darajali futbolchini sotib oldi.
Bu holatni tuzatish kerak, chunki hozir La Liga APLdan orqada qolmoqda", – dedi Kukurelya "AS" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik himoyachi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, La Liganing "Xetafe" klubida ham harakat qilgan.
Fikrlar