
Kuchlilarni siylamaganlar! Abbosbek TsSKAda qancha maosh olishi ma’lum
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi va TsSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullaevning Rossiya klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, futbolchimiz yiliga 110 ming evro miqdorida maosh oladi. Shuningdek, jamoaning yana bir etakchilaridan biri Musaev "armiyachilar" safida 220 ming evro pul ishlab topadi.
O‘z navbatida klub safida eng serdaromad futbolchi Igor Akinfeev hisoblanib, kiper yillik 1.6 million evro miqdorda maosh oladi.
Joriy mavsum Fayzullaev TsSKA safida jami 22 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 6 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar