
Kuchli «beshlik»dan tashqarida «hayot» bor!
Futbolda pullar katta rol ijro etmaydi, ammo so‘nggi paytlarda katta mablag‘siz ulkan g‘alabalarga erishishning imkoni yo‘q. Evropaning kuchli beshta chempionatida to‘p surmaydigan qimmat futbolchilarni izlash uchun ancha vaqt sarflashga to‘g‘ri keldi. Sababi, "Transfermarkt" portali bergan ma’lumotlar asosida, bugun sayyoramizdagi eng qimmat klub va futbolchilar ro‘yxatini taqdim etamiz. Albatta, istisno tariqasida bir muddatga kuchli beshlikni chetga surib qo‘ygan xolda.
Jamoalar
- Jahonning eng qimmat 25 klubini aniqlamoqchi bo‘lsak, ularning barchasi kuchli beshlik a’zolari bo‘lib chiqadi. 10 ingliz, 6 italyan va to‘rttadan nemis va ispan klublari ro‘yxatni to‘ldiradi. Frantsiyadan faqat PSJgina o‘z moliyaviy imkoniyatlari bilan maqtanishi mumkin.
«Kuchli beshlik»ka a’zo bo‘lmagan mamlakatlar orasida tarkibning umumiy qiymati bilan “Ayaks» ancha ilgarilab ketgan. Niderlandiya klubi "Transfermarkt" portalining hisob-kitoblariga ko‘ra, sayyoramizning eng badavlat jamoalari orasida 26-pog‘onada ketmoqda. Amsterdam klubi umumiy hisobda 348 million evroga baholanadi. Bu ro‘yxatda peshqadamlik qilayotgan «Manchester Siti»dan 3 barobar kichik ko‘rsatkich.
- Dunyoning eng badavlat klublaridan tashkil topgan «Top-50»da faqat 3 klub kuchli beshlik vakili sanalmaydi. Agar «Top-100»ga e’tibor qaratsak, boshqa chempionat vakillari soni 23 klubni tashkil etgani ma’lum bo‘ladi;
- E’tiborlisi shundaki, «Norvich» (78), «Brentford» (89) va «Bornmut» (76) Angliyaning ikkinchi divizioni vakili bo‘lishiga qaramay, kuchli yuztalikdan o‘rin egallagan. Boshqa birorta chempionatning quyi divizion vakillari bunday natija bilan maqtana olmaydi;
- Eng kuchli moliyaviy baquvvat 100 klub orasida faqat 4 ta jamoa Evropa qit’asi vakili emas. «Flamengo», «Palmeyras», «Boka Xuniors» va «River Pleyt»dan boshqa hammasi UEFA a’zolari;
- Rossiyaning 4 klubi kuchli yuzlikdan o‘rin egallamoqda: «Zenit» (59), TsSKA (70), «Spartak» (75) va «Krasnodar» (84);
1 (26-o‘rin). «Ayaks» (Gollandiya) — 348.25 mln evro
2. (34). «Portu» (Portugaliya) — 263.1
3. (35). «Benfika» (Portugaliya) — 261.8
4. (57). «PSV Eyndxoven» (Gollandiya) — 182.88
5. (59). «Zenit» (Rossiya) — 169
6. (61). «Shaxtyor» (Ukraina) — 158.7
7. (65). «Red Bull Zaltsburg» (Avstriya) — 144.6
8. (69). «Bryugge» (Belgiya) — 137.2
9. (70). TsSKA (Rossiya) — 136.15
10. (73). «Flamengo» (Braziliya) — 128.75
Futbolchilar
- Dunyoning eng qimmat 200 futbolchisining barchasi kuchli beshlik klublarida to‘p suradi;
- Ayni damda, "Transfermarkt" portalining talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat 5 futbolchisi: Kilian Mbappe (PSJ, 180 mln evro), Neymar (PSJ, 128 mln evro), Xarri Keyn («Tottenxem», 120 mln evro), Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, 110 mln evro) va Muhammad Saloh («Liverpul», 110 mln evro).
- Kuchli beshlik a’zosi bo‘lmagan jamoalarda to‘p surayotgen eng qimmat futbolchining transfer summasi 30 million evro. Bundan baland ko‘rsatkich hech qachon kuzatilmagan.
"Kuchli beshlikda" to‘p surmaydigan eng qimmat futbolchilar
1-6 (211-243 o‘rin. ). David Neres («Ayaks»; Braziliya; 24 yosh) — 30 mln evro;
1-6 (211-243). Donuell Malen («PSV Eyndxoven»; Niderlandiya; 22 yosh) — 30 mln;
1-6 (211-243). Nikola Vlashich (TsSKA; Xorvatiya; 23 yosh) — 30 mln;
1-6 (211-243). Andre Onana («Ayaks»; Kamerun; 24 yosh) — 30 mln;
1-6 (211-243). Sebasten Aller («Ayaks»; Kot-d’Ivuar; 26 yosh) — 30 mln;
1-6 (211-243). Xesus Korona («Portu»; Meksika; 28 yosh) — 30 mln;
7 (244-259). Rayan Gravenberg («Ayaks»; Niderlandiya; 18 yosh) — 28 mln;
8-11. (268-336). Gabriel Veron («Palmeyras»; Braziliya; 18 yosh) — 25 mln;
8-11. (268-336). Nunu Mendesh («Sporting»; Portugaliya; 18 yosh) — 25 mln;
8-11. (268-336). Entoni («Ayaks»; Braziliya; 21 yosh) — 25 mln;
8-11. (268-336). Nikolas Talyafiko («Ayaks»; Argentina; 28 yosh) — 25 mln;
- Ushbu ro‘yxatdagi 11 futbolchining 6 tasi Amsterdamning “Ayaks» klubi a’zolari sanaladi. Niderlandiya klubi bejizga dunyoning eng badavlat 26-jamoasi sanalmaydi.
- Evropaning tomoshabop chempionatlaridan to‘p surmaydigan eng qimmat 6 futbolchining transfer summasi, PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transfer narxi bilan teng;
- Rossiya chempioantida to‘p surayotgan eng qimmat futbolchi TsSKA a’zosi Nikola Vlashich sanaladi. Undan keyingi o‘rinlarda «Zenit»dan Malkom (24 mln evro), Sardor Azmun (23 mln evro) joylashgan.
«Kuchli beshlik»ning magniti bormi?
Agar ro‘yxatdagi futbolchilarni yozda grandlar safida ko‘rsangiz, ajablanmang. Moskva klubi a’zosi – Nikola Vlashich tez orada «Milan» bilan shartnoma imzolashi mumkin. Malen esa, bir necha Italiya grandlari e’tibor markazida turibdi. Neres ham “Ayaks»da uzoq qolmasligi turgan gap. U Evropaning barcha grandlari safini to‘ldirishi mumkin. Korona «Portu» safidagi ishonchli o‘yinlaridan so‘ng yaqin kelajakda «kuchli beshlik»da ko‘rinish berishini ma’lum qildi. Transfer summasi arzonroq bo‘lgani uchun katta klublar e’tibor markazida shu yigitlar paydo bo‘laveradi. Ular ham kelib tushgan taklifni qabul qiladi. Oqibatda, chempionatlar o‘rtasidagi tafovut kattalashib boraveradi. Nima ham derdik, bu zamonaviy futbolning yozilmagan qonuniga aylanib bo‘lgan jarayon.
Fikrlar