
Kuadradoning goli EChLda haftaning eng chiroyli goli deb topildi (video)
Xabaringiz bor joriy hafta UEFA Chempionlar ligasida guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy haftadagi eng chiroyli goli muallifini e’lon qildi. Unga ko‘ra “Yuventus” yarim himoyachisi Xuan Kuadradoning “Atletiko” darvozasiga kiritgan goli birinchi o‘rinda qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu nomga shuningdek Edson Alvares ("Ayaks"), Anxel Di Mariya (PSJ) va Lukas Moura ("Tottenxem") kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishayotgan edi.
Fikrlar