Kuadradoni "Yuventus"da himoyachiga aylantirishmoqchi

  • 14 avgust, 2019, 18:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi murabbiylar shtabi jamoaning o‘ng qanot vingeri Xuan Kuadradoning pozitsiyasini o‘zgartirishni rejalashtirishmoqda.

Tecno

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli kolumbiyalik futbolchi Leonardo Spinatstsola va Joau Kanselularning sotib yuborilgani tufayli yangi mavsumda o‘ng qanot himoyachida to‘p surishi mumkin. Biroq, bu o‘rin uchun u Mattia de Shilo bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kuadrado uchun o‘ng qanot himoyasida o‘ynash begona emas. U Massimiliano Allegri davrida ushbu pozitsiyada 6ta o‘yin o‘tkazgan va 4ta golga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!