
Kuadrado faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum
Yaqindagina "Yuventus" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Xuan Kuadrado "Inter"ga o‘tadigan bo‘ldi.
Fabritsio Romaning so‘zlariga ko‘ra, qanot himoyachisi milanliklar bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Kuadaro yillik 8 yillik faoliyatidan keyin "Yuventus"ni tark etdi. Unga Saudiya Arabistonidan ham takliflar borligi haqda mish-mishlar tarqalgandi.
Fikrlar