
Kuadrado faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
Ispaniyaning "Marsel" klubi rahbariyati yozda jamoani tark etishi kutilayotgan vinger Floryan Toven o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra marselliklar uning o‘rniga "Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadradoni munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida jiddiy jarohat olgan va ayni damda davolanishni davom ettirayotgan 30 yoshli kolumbiyalik futbolchi bu mavsum 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar