
Krouford: "Qanaqa "Kanelo"? Bor e’tiborim Madrimovga qaratilgan"
Ikki vazn toifasida multaq chempion Terens Krouford hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi jangdan oldin Saul Alvares bilan muhokamaga bormoqchi emas.
"Mening bor e’tiborim bir narsaga qaratilgan: 3 avgust va Isroil Madrimov bilan jang. Men "Kanelo" yoki boshqasi uchun fikrimni chalg‘itmayman. Hammasi 3 avgustdan keyin hal bo‘ladi", - dedi Krouford.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni AQShda WBA kamari sohibi hamyurtimiz Isroil Madrimov ikki vazn toifasi mutlaq chempioni Terens Kroufordga qarshi titulini himoya qiladi.
Fikrlar