Kroosning rejalari qanday?

  • 7 yanvar, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos "Real" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

Tecno

Cadena SER nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 33 yoshli yarim himoyachi klubdagi faolitini zaxira o‘rindig‘ida yakunlamoqchi emas. U "Real" bilan shartnomasini uzaytiradi yoki faoliyatini yakunlaydi.

Manbaga ko‘ra, Kroos madridliklar safida yana bir mavsum o‘tkazishga umid qilmoqda.

Toni bu mavsumda o‘yin vaqti kamayishidan xavotirda edi. Biroq, u hali ham bosh murabbiy Karlo Anchelotti uchun muhim ekanini ko‘rmoqda. Italiyalik mutaxassis esa unga ishonadi.

Ma’lumot uchun, Toni Kroos joriy mavsum “Real” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!