
Kroosdan o‘ziga hos hazil
Toni Kross "Manchester Siti" Agueroga sharafiga qo‘ygan haykal borasida fikr bildirdi.
"BBC Sport" jurnalisti Saymon Stoun "Etihad" stadionidagi haykalning suratini joylashtirdi va quyidagicha izoh qoldirdi: "Serxio shu erda".
"Ishonchingiz komilmi?" - deya yozdi "qirollik klubi" yarim himoyachisi. Qayd etish lozim, haykal argentinalikdan ham ko‘ra ko‘proq Krossga o‘xshab ketadi.
Kecha "shaharliklar" Serxio urgan o‘sha mashhur golga 10 yil bo‘lgani munosabati bilan uning haykalini o‘rnatdi. Ma’lumot uchun, 2012 yil Aguero KPR darvozasini 94 daqiqada ishg‘ol etib, "Siti"ga 44 yil kutilgan chempionlikni taqdim etgandi.
Fikrlar