Kroos: Umid qilamanki, Ronaldu Manchesterda qolmaydi va Ispaniyaga qaytib keladi

  • 12 iyun, 2022, 14:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos “Kicker” nashriga bergan intervyusida sobiq jamoadoshi, "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

Tecno

- Kroos, siz Krishtianuni dunyodagi eng yaxshi futbolchi, deb bilasizmi?

- Bu haqida gapirish doim qiyin bo‘lgan. Har bir davrda ko‘plab yutuqlarga erishgan futbolchilar bor.

Ronaldu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanligiga shubha yo‘q. Messi ham bundan mustasno emas. Kim eng zo‘r ekanligini ayta olmayman, chunki ularning maydondagi harakatlarini solishtirishga ojizman.

- Ronaldu “Real”dan ketganidan keyin u bilan gaplashib turasizmi?

- Tasodifan bo‘lib turadi. Biz ta’tilda ikki marta uchrashib qoldik, lekin bu rejalashtirilmagan edi. Krishtianu Madriddagi uyini sotmagan. U hamon mening qo‘shnim bo‘ladi. Ba’zida Ronaldu oilasi bilan bu erga kelib turadi. Umid qilamanki, u faoliyatini yakunlaganidan keyin Manchesterda qolmaydi va Ispaniyaga qaytib keladi. Shunda biz tez-tez uchrashib turishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!