Kroos sobiq jamoadoshlarini tanqid qildi

  • 12 aprel, 17:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Chempionlar Ligasi chorak finalida “Arsenal”ga qarshi o‘yinda 0:3 hisobidagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng sobiq jamoadoshlarini tanqid qildi.

Tecno

 "0:2 bo‘lgach, hammasi yo‘qolgandek tuyuldi. Mening tajribamga ko‘ra, agar “Real” mag‘lub bo‘layotgan bo‘lsa, har doim gol urish mumkin bo‘lgan vaziyat bo‘ladi. Har bir o‘tkazilgan goldan keyin men shu reaktsiyani kutdim. 

Gol urish juda muhim edi, lekin ular go‘yoki shunday deyayotgandek edi: "Iltimos, to‘rtinchisini urmanglar!” Javob uchrashuvida jamoa bor kuchini berishi kerak. Muxlislar “Santyago Bernabeu”da bo‘lishadi. Biz to‘xtovsiz hujum qilishimiz kerak" — dedi Kroos "Einfach mal Luppen" podkastida.

Esaltib o‘tamiz, javob o‘yini 17 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!