
Kroos Messini "Oltin to‘p"ga noloyiq, deb hisoblaydi
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos 7-marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan PSJ hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi:
"Birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, shaxsiy sovrinlar meni qiziqtirmaydi, lekin ular bor ekan, shunday bo‘la qolsin. Menimcha, bu safar Messi aniq yutmasligi kerak edi. Agar butun yilni hisobga olsak men uchun eng yaxshisi Benzema.
Shubhasiz, Messi va Ronaldu so‘nggi 10 yillikning eng zo‘rlari. Ammo nazdimda Krishtianu Leoni ortda qoldirdi", - dedi Kroos.
Fikrlar