"Kristal Pelas" Gexini o‘rnini kim bilan to‘ldirishi ma’lum bo‘ldi
"Kristal Pelas" himoyachi Mark Gexini o‘rniga kimni olib kelishi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Sashi Tavolerni ma’lum qilishicha, angliyalik himoyachi qishda yoki yozda klubni tark etishi kutilmoqda. Agar u "Kristal Pelas"ni tark etsa, klub Markning o‘rniga darhol "Sporting" himoyachisi Usmon Domande variantini tayyorlab qo‘ygan. Usmon o‘tgan yozdan beri ingliz klubi ro‘yxatidan joy olgan. Himoyachining o‘zi esa APLda faoliyatini davom ettirishga tayyor.
21 yoshli himoyachining "Sporting" bilam amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Uning hozirda transfer bozorda narxi 45 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Domande joriy mavsum "Sporting" safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi.



Fikrlar