"Kristal Pelas" futbolchisi Serbiya terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortmoqda

  • 8 mart, 2019, 21:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Kristal Pelas" klubi yarim himoyachisi Luka Milivoevich Serbiya terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortmoqda.

Tecno

Serbian Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra JCh-2018dan so‘ng 27 yoshli futbolchi va terma jamoa bosh murabbiyi Mladen Krstaich o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Milivoevich shu bois Krstaich o‘z lavozimidan ketmagunicha terma jamoa o‘yinlarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Milivoevich joriy mavsum "Kristal Pelas" safida jami 32ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!