"Kristal Pelas" futbolchisi PSJ nishonida

  • 7 noyabr, 20:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi "Kristal Pelas" himoyachisi Daniel Munosni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. 

Tecno

Parijliklar Chempionlar ligasida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Ashraf Hakimi o‘rnini Munos bilan to‘ldirishi mumkin. "Fichajes" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, PSJ qishki transferlar bozorida 29 yoshli futbolchini jamoaga olib kelishga harakat qiladi. Avvalroq, himoyachini "Barselona" ham sotib olishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. "Transfermarkt" portali kolumbiyalik futbolchini 25 millionga baholamoqda. Futbolchining "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

Ma’lumot uchun, fulbek joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!