Krishtianu Ronaldu zo‘r futbolchi etishib chiqayotganini aytdi

  • 24 sentabr, 2024, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”da bir yildan beri o‘ynayotgan Jud Bellingem haqidagi fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Bellingem katta salohiyat va iqtidor egasi. U muhit juda toza bo‘lgan klubga o‘tdi. Jud jamoadoshlari Kamavinga, Rodrigo va Vinisius kabi o‘sishda davom etadi.

Jud Bellingem o‘zini top-futbolchi bo‘lishiga yordam beradigan jamoaga keldi, deb hisoblayman. U o‘z avlodining eng zo‘r o‘yinchilaridan biri bo‘lishiga ishonaman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

39 yoshli Ronalduning o‘zi 2009-2018 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilib, 438 ta uchrashuvda 450 ta gol va 131 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!