
Krishtianu Ronaldu: "Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat"
Portugaliya milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kechagi "Al-Hilol" bilan bo‘lib o‘tgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun biz barchamiz qo‘ldan kelgancha harakat qildik. Qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun barchangizga rahmat.
Hali katta g‘alabalar oldinda. Chempionat yakuniga qadar ohirigacha kurashamiz", - deb yozdi hujumchi ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionatida “An-Nasr" peshqadam "Al-Hilol"dan 6 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar