Krishtianu Ronaldu JCh-2026'da ishtirok etishi mumkin

  • 20 dekabr, 2022, 21:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan ketishni rejalashtirmayapti. 

"Marca" nashri bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi termadan ketish niyatida emas. Uning atrofidagilar Krishtianuning maqsadi JCh-2026'da qatnashish ekanligiga ishora qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Portugaliyaning Qatar mundialidagi omadsizligi u uchun kuchli zarba bo‘lgan. Hozir Ronaldu qiyin davrni boshdan o‘tkazmoqda. Portugal bu holatni qabul qilishga qiynalmoqda. 

Ayni vaqtda 37 yoshli forvard erkin agent sanaladi. Noyabr oyida u "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!