Krishtianu Ronaldu hammualliflik qilgan MMA ligasi ertaga bo‘lib o‘tadi
Portugaliya terma jamoasi va "Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida o‘zi hammualliflik qilgan "WOWfc" promousheni tomonidan o‘tkaziladigan turnir uchun tizer joylashtirdi.
"Ekstremal sport turlarini boshdan kechirishning yangi usuli — hayajonli, dadil va yangi avlod uchun mo‘ljallangan. Innovatsiya hech qachon to‘xtamaydi", - deb izoh qoldirdi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda Madridda tashkil etilgan "Way of Warriors FC" Ispaniyadagi eng yirik MMA ligasi hisoblanadi. Ispaniyaning "Marca" sport gazetasining xabar berishicha, reklama tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda: so‘nggi bir yil ichida tadbirlarga tashrif buyuruvchilar soni to‘rt baravardan oshdi va chiptalar savdosi har bir tadbir uchun muntazam ravishda 5000 dan oshyapti. "WOW FC" turnirlari 170 dan ortiq mamlakatlarda translyatsiya qilinadi. Navbatdagisi esa 13 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.



Fikrlar