Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin

  • 11 dekabr, 2022, 18:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Marokash - Portugaliya uchrashuvida afrikaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yindan keyin portugaliyaliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi va final hushtagi yangrashi hamonoq, kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi. 

Krishtianuning opasi, mashhur qo‘shiqchi Liliana Katya Aveyru ukasining keyingi mundialda ham ishtirok etishi mumkinligi ma’lum qildi. "41 yosh bu - hayotning gullab-yashnagan payti",-deya yozib qoldirdi u "Instagram"dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, keyingi Jahon chempionati 2026 yilda Amerika qit’asining uch davlati - AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Ronaldu o‘sha paytda 41 yoshda bo‘ladi.

IMG_20221211_181313

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!