Kriket sport turi endilikda nogironlar o‘rtasida ham rivojlanadi

  • 19 oktabr, 2022, 20:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan kriket sport turini keng aholi qatlami, xususan, imkoniyati cheklangan insonlar orasida ham ommaviyligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19 oktyabr kuni poytaxtimizda joylashgan O‘zbekiston Kriket federatsiyasida O‘zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruvi bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Memorandum imzolandi.

Tecno

photo_2022-10-19_16-14-05

Ushbu Memorandum O‘zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruv raisi Komil Abdullaev hamda O‘zbekiston kriket federatsiyasi (raisi Aziz Mixliev) bosh kotibi Jahongir Murodov o‘rtasida imzolandi. Kelishuvga muvofiq, endi har ikkala tomon birgalikda imkoniyati cheklangan yosh avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni hamda rolini kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sohaga oid qonun hujjatlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda hamda jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayonini kuchaytirishda ularning ishtirokini kengaytirish sohalarida yaqindan hamkorlik qiladi.

photo_2022-10-19_16-21-51

Bunda tomonlar quyidagi keltirilgan yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshiradilar:
– O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining “Biz ahil jamoamiz”, “Para kriketchi nogironligi bo‘lgan sportchilar zahirasi bizning oramizda” shiorlari hamda tashabbusini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
– imkoniyati cheklangan yosh avlodni sport bilan shug‘ullantirish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komillikka intilish zarurligini tushuntirishni shakllantirish, jismoniy tarbiya va kriket o‘yini bilan shug‘ullanishni o‘quvchi yoshlarning kundalik turmush tarziga singdirish;
– nogironlarni, ayniqsa, qizlarni jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, chiniqishiga, umumiy ish faoliyatining o‘sishiga yordam berish;
– jismoniy tarbiya va kriket o‘yinlariga jalb qilish orqali nogironlarni turli sport o‘yinlari va jismoniy sog‘lomlashtirish mashqlariga qiziqtirish;
– kriket o‘yini bilan muntazam shug‘ullanayotgan nogiron yoshlarni aniqlab, ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish hamda faol ishtirokiga erishish;
– kriket o‘yini bo‘yicha musobaqalarning tizimli o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish, imkoniyati cheklangan yoshlar orasida iqtidorli kriketchilarni tanlab olish (selektsiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish, terma jamoalar tarkibini sifatli shakllantirish uchun yuqori malakali kriketchilar zahirasining tayyorlanishini takomillashtirish;
– nogironlar orasida respublika birinchiliklari, chempionatlari va kubok  musobaqalari o‘tkazish hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot etish va barcha nogironlarni faol ishtirokiga erishish hamda xalqaro maydondagi o‘rnini qaror toptirish hamda kriket sport turini rivojlantirishda tashkilotlarga tegishli bo‘lgan muassasalarning sport zallaridan beg‘araz foydalanish kabi bir qator vazifalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

photo_2022-10-19_16-21-50

Shuningdek, memorandumni imzolash jarayonida O‘zbekiston nogironlar jamiyati markaziy boshqaruv raisi o‘rinbosari Botir Omonturdiev, nogironlar jamiyati huquqshunosi G‘olibjon Egamberdiev va kriket federatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!