
Kreychikova hamda Sinyakova finalda
Chexiyalik Barbora Kreychikova hamda Katerjina Sinyakova Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning juftliklar o‘rtasida final bosqichiga chiqishdi.
Barbora va Katerjina yarim finalda tayvanlik Latishu Chan va Xao-Chin Channi 5:7, 7:6, 10:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi turnirning final bahsida Kreychikova hamda Sinyakova kanadalik Gabriela Dabrovski va xitoylik I-Fan Syu, yoki belgiyalik Elize Mertens va belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar