
Kovington: "Men Mayami qiroliman"
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun bir necha bor davogar bo‘lgan Kolbi Kovington jangovar faoliyatini yakunlamoqchi emasligini va hali ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritish niyati borligini ma’lum qildi.
“Men yarim o‘rta vazn toifasidagi eng buyuk jangchiman. Men Mayami qiroliman, Amerika chempioniman. Men xalq chempioni va Donald Trampning sevimli jangchisiman. Har safar oktagonga qadam qo‘yganimda chempionlik uchun kurashaman. UFC menga qarshi qo‘ygan har kimga qarshi kurashishga tayyorman. Bu unvon menga nafasimdan, jonimdan muhimroq", – dedi Kovington.
Fikrlar