Kovachichni yana "Inter"ga qaytarishmoqchi
“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Mateo Kovachich yana “Inter” safiga qaytishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar”ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte 25 yoshli xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshlagan va uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kovachich yakunlangan mavsumni “Chelsi” safida ijara asosida o‘tkazdi va o‘z navbatida “aristokratlar” ham uni o‘z tarkiblarida saqlab qolishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Kovachich 2013-2015 yillarda “Inter” safida to‘p surgan. Shundan so‘ng 38 mln evro evaziga “Real” Madridga ko‘chib o‘tgan edi.



Fikrlar