Koutinoning vakillari Parijga etib kelishdi

  • 13 avgust, 2019, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi vingeri Filippe Koutinoning vakillari Parijga kelishdi. Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ular  PSJ bilan muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan bo‘lishlari mumkin.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “ko‘k-anor ranglilar” vakillari Neymarning transferini muhokama qilish uchun Parijga etib kelishgani haqida xabar berilgan edi. Ular orasida “Barselona” klubi texnik kotibi Erik Abidal, vitse-prezident Xaver Bordas va agent Andre Kyurilar bor.

PSJ esa Neymar uchun 250 mln evro so‘ramoqda. Kataloniyaliklar uning transferiga Koutinoni qo‘shishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!