
Koutinoning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino kecha La Liganing 37-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, braziliyalik futbolchining chap oyoq son mushaklari shikastlangan. Shifokorlar esa uning sog‘ayishi uchun taxminan 10 kun talab etilishini aytishmoqda.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Koutino 25 may kuni “Valensiya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi finalida ishtirok eta oladi.
Fikrlar