
Koutino va Ibragimovich "Barselona"ning eng omadsiz transferlari qatorida tilga olindi
Marca nashri XXI asrda "Barselona" klubi tomonidan amalga oshirilgan eng omadsiz transferlar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Ushbu jamoadan Filippe Koutino hamda Zlatan Ibragimovich kabi yulduz futbolchilar ham joy olgan.
Darvozabon: Rishar Dyutruel.
Himoyachilar: Martin Kaseres, Dmitriy Chigrinskiy, Yerri Mina, Tomas Vermalen.
Yarim himoyachilar: Aleksandr Song, Andre Gomesh, Rikardu Kuarejma, Xuan Roman Rikelme, Filippe Koutino.
Hujumchilar: Zlatan Ibragimovich.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ayni damda La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Chempionat o‘yinlari esa koronavirus pandemiyasi tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.
Fikrlar