Koutino Turkiyaga ketishni xohlamadi

  • 7 fevral, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Transfer huquqlari “Aston Villa”ga tegishli bo‘lgan braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino Turkiya chempionatiga o‘tishdan bosh tortdi. Bu Teamtalk nashri ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchiga Istanbulning "Galatasaroy" klubi hamkorlik qilishni taklif qilgan, ammo janubiy amerikalik futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun bu variantga qiziqish bildirmagan. U Premer-ligada o‘ynashni davom ettirmoqchi.

Koutino joriy mavsum “Aston Villa” safida APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, braziliyalik futbolchining hozirgi narxi 18 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!