
Koutino Ronaldu bilan bitta chempionatda o‘ynashi mumkin
Koutino Ronalduning izidan borishi mumkin.
Jamoadagi o‘rnini yo‘qotgan "Aston Villa" futbolchi Filippe Koutino yozgi transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Football Insider" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, braziliyalik yarim himoyachi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega. Fillipega qiziqqn klub nomi hozircha oshkor etilmagan.
30 yoshli xavbek joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan
Fikrlar