Koutino PSJga o‘tishga tayyor

  • 21 iyun, 2019, 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Filippe Koutinoning jamoadan ketishi tobora oydinlashmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchi PSJga o‘tishga tayyor. Kataloniyaliklar ham uni qo‘yib yuborishga rozi va uni parijliklar hujumchisi Neymarning transferiga qo‘shishga tayyor.

Ta’kidlash lozimki, Koutinoga shuningdek, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Liverpul” klublaridan ham takliflar bor.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida “Liverpul”dan 145 mln evroga sotib olgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. U o‘tgan mavsum 54ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!