Koutino PSJga o‘tadi

  • 4 iyun, 2019, 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Filippe Koutino katta ehtimol bilan faoliyatini PSJda davom ettiradi.

Tecno

Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun aynan Frantsiya chempioni favorit deya e’tirof etilmoqda. Chunki, faqatgina parijliklar uning uchun so‘ralayotgan 100 million evroni to‘lashga tayyor. Bundan tashqari PSJ Koutinoning o‘ziga ham xuddi "Barselona"dagi kabi maosh to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Koutinoga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Koutino “Barselona” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U yakunlangan mavsum 54ta o‘yinda ishtirok etdi va 11ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!