Koutino "Barselona"ga qaytmaydi

  • 17 oktabr, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Bavariya” safida ijara asosida o‘tkazayotgan vinger Filippe Koutino “Barselona”ga qaytmaydi.

Tecno

AS nashrining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati braziliyalik futbolchini ortga qaytarmoqchi emas. Ta’kidlash kerakki, klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mavsum yakunlangach myunxenliklar Koutinoni 120 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga egalar.

Agar “Bavariya” ham uni sotib olishni xohlamasa, “Barselona” boshqa jamoalarning bu boradagi taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Bavariya” safida Bundesligada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!