Koutino "Barselona"dan ketishga tayyor

  • 30 may, 2019, 17:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda “Barselona” rahbariyati jamoa vingeri Filippe Koutinoni sotib yubormoqchiligi haqida juda ko‘p xabarlar tarqalmoqda.

Tecno

El Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha 26 yoshli braziliyalik futbolchi ham boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. U o‘z yaqinlariga jamoasini o‘zgartirmoqchiligini haqida gapirgan.

Koutino uchun esa PSJ, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar bor. Kataloniyaliklar rahbariyati esa bu boradagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ular braziliyalik yulduzning transferini 100 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Koutino “Barselona” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 53ta o‘yinda ishtirok etib, 11ta gol va 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!