
Kosta Braziliya klubiga o‘tadi!
Ispaniyalik hujumchi Diego Kosta ayni damda erkin agent bo‘lib turibdi. Futbolchi Saudiya Arabistonining "Ash-Shabab" klubi taklif etgan moliyaviy yaxshigina taklifni rad etgan. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Kosta Braziliyaning "Palmeyras" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Futbolchi yangi klubi bilan 2022-yil 30-dekabriga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi hamda yiliga 3 million evro miqdorida maosh oladi. Tomonlar kelishuvga erishgan, faqatgina rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar