
Korostichenko "Lokomotiv"ning mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
Pro liganing 20-turida peshqadam “Lokomotiv” Muborakda “Mash’al”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Asror Aliqulovni g‘alaba bilan tabriklayman. Uni hurmat qilaman, inson va murabbiy sifatida. U menga yaqin inson, yaxshi taniyman. Ushbu mavsum Pro-ligada kuch borasida hech qaysi jamoa «Lokomotiv»dan kuchli emas. Boshqa hech nima deyishni istamayman.
- Bosh hakamning qarorlarini baholay olasizmi?
- Yo‘q.
- Bugungi o‘yinda jamoaning ko‘plab futbolchilari sariq kartochka oldi. «Lokomotiv» nafaqat ochkolar bo‘yicha, balki, tartib-intizomda ham yuqori o‘rinlarda edi. Bu bugungi o‘yin bilan bog‘liqmi?
- Savol uchun rahmat. Futbolni tushunadigan inson bugun nimalar bo‘lganini bildi. Shu sababli ortiqcha gaplar ham shart emas.
“Lokomotiv” matbuot xizmati.
Fikrlar