
Koronavirus sabab shu oyda boshlanishi kerak bo‘lgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati qoldirildi
Shu yilning 26 fevral – 8 mart kunlari qo‘shni Turkmanistonda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda futzal bo‘yicha qit’a birinchiligini biroz keyinroq muddatga qoldirdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa sanalari keyinroq ma’lum qilinadi.
Fikrlar