Koronavirus sabab og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonga ko‘chirildi

CHERY AUTO

Ayni paytda jahon sportida ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan, xalqaro musobaqalarning o‘tishiga to‘sqinlik qilayotgan koronavirus og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda MOQ sayti. 

Tecno

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining taqvim rejasiga ko‘ra, turnir joriy yilning aprel oyida Qozog‘istonda o‘tishi kerak edi. Ammo virus sabab Qozog‘istonda qit’a chempionati o‘tmaydigan bo‘ldi.

Xalqaro tashkilot mazkur nufuzli musobaqani “saqlab qolish” uchun uni Ijroqo‘m vakillari ishonchli, deya e’tirof etgan Toshkent shahriga ko‘chirdi. Shu tariqa 16-25 aprel kunlari poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha yana bir nufuzli turnirga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Bo‘lajak Osiyo chempionati Tokio Olimpiadasi yo‘lida litsenzion ochko beruvchi so‘nggi turnirdir. Aynan ushbu musobaqadan so‘ng Olimpiadaga yo‘llanma olgan atletlar nomi ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent 2016 yilgi Olimpiada arafasida ham og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligiga mezbonlik qilgan. Ayni kunlarda Toshkentda “O‘zbekiston” sport majmuasida sportning ushbu turida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!