Koronavirus MLS chempionatida ham qayd etildi

  • 2 aprel, 2020, 10:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MLS muntazam chempionati vakili "Filadelfiya" klubi a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan koronavirus uchun testda nomi tilga olinmagan futbolchida ijobiy natija qayd etildi.

Tecno

Klub rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, futbolchida virusning engil simptonlari aniqlangan, ayni damda klubning barcha a’zolari karantinga olingan.

Ta’kidlab o‘tish joiz, bu MLS futbolchilari o‘rtasida virus qayd etilgan dastlabki holat. Ma’lumot o‘rnida, 2 aprel holatiga ko‘ra Amerika qo‘shma shtatlarida virus bilan zararlanganlar soni 216 mingtadan oshdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!