Koreyada Son Xyon Mindan zo‘r futbolchi paydo bo‘ldi

  • 3 yanvar, 2024, 19:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” sardori Son Xyon Min so‘nggi besh yilda ilk bor Janubiy Koreyaning eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kirita olmadi.

Tecno

2023 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatning eng zo‘r futbolchisi nomiga “Bavariya” himoyachisi Kim Min Chje sazovor bo‘ldi.

- O‘tgan mavsumda bizni tunu kun tinmay qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Oldindagi Osiyo kubogida terma jamoamiz yaxshi natijalar bilan ortga qaytishiga ishonman, - dedi Kim Min Chje.

Kim Min Chje o‘tgan mavsum “Napoli” tarkibida o‘ynadi va Italiya chempionaligini qo‘lga kiritdi. Yozda iste’dodli futbolchi muhitni almashtirish maqsadida “Bavariya”ga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!