
"Konya-2021". Yana bir sportchimiz 3 ta medal qo‘lga kiritdi
Og‘ir atletikachimiz Sunnatilla O‘sarov Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirokini yakunladi.
-96 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘sarov siltab ko‘tarishda 190 kg bilan bronza va ikki kurash yakunida 354 kg bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimizning umumiy natijasi 354 (164+190) kgni tashkil etdi.
Bungacha u dast ko‘tarishda ham bronza medalini naqd qilgan edi.
Avvalroq, Sarvarbek Zafarjonov ham 3 ta medal bilan taqdirlangandi.
Fikrlar